Fan olimpiadasi tuman bosqichida ishtirok etgan 25 nafar o`quvchidan 4 nafari sovrindor bo`ldi. Matematika fanidan maktabimiz sha'nini munosib himoya qilgan 9-sinf o`quvchisi Boboxo`jayeva Lobar I-o`rinni, geografiya fanidan 9-sinf o`quvchisi Bekimmetov Jahongir II-o`rinni, 10-sinf o`quvchisi Madaminova Muhabbat III-o`rinni, ingliz tili fanidan 10-sinf o`quvchisi Jumaboyeva Arjumand III-o`rinni egalladi. Umumiy holda maktabimiz o`quvchilarining fan olimpiadasi tuman bosqichidagi qatnashishini muvaffaqiyatli deb bo`lmaydi.