Har qanday davlatning huquq tizimida ko'p qonunlar mavjud.Ammo ular orasida eng asosiysi deb e'tirof etiladigani bu-konstitutsiyadir.Konstitutsiyada inson va fuqaroning huquq va erkinliklari e'tirof etiladi va kafolatlanadi.Har bir yosh avlodga konstitutsiyaviy huquqlarini o'rgatish,undan qayerda,qanday foydalanish kerakligi haqida tushunchalar berish maqsadida maktablarda tadbirlar,tanlovlar o'tkazilmoqda.Shu munosabat bilan bizning maktabimizda ham ,,Konstitutsiya-baxtimiz poydevori" mavzusida insho,rasm tanlovlari o'tkazildi.