10/XII-2016 yilda "10 dekabr –O`zbekiston Respublikasi Madhiyasi qabul qilingan kun”ga bag`ishlangan tadbir o`tkazildi. Tadbirda 143 nafar o`quvchi, 13 nafar o`qituvchi, 4 nafar ishchi – xizmatchi qatnashdi
Shu yilning 25-noyabr kuni Gurlan tumanidagi 41-umumiy o’rta ta’lim maktabining 9-sinf o’quvchilari o’rtasida "O’yla,izla, top!” musobaqasi bo’lib o’tdi. Musobaqada "Zukkolar" va "Bilimdonlar” jamoalari o’zaro kuch sinashdilar.
Musobaqa shartiga ko’ra dastlab guruh sardorlari o’zaro bellashdi va g’olib sardor, jamoasining sardori fan tanlash huquqini qo’lga kiritdi. Musobaqada o’quvchilar matematika, fizika, geografiya, tarix,ona tili va adabiyot, ingliz tili, fanlari bo’yicha bahslashdilar.
2016 yil 7 dekabr kuni maktabimiz o`quvchilaridan 53 nafari maktab "faxriy yorliq”, "maqtov yorliq” va sovg`alari bilan taqdirlandilar. Ular "Biz kecha kim edig-u, kim bo`ldik qanday yuksak marralarni egallashimiz kerak!” mavzusidagi insho, "Biz OITS va giyohvandlikka qarshimiz !” mavzusidagi rasm, insho,hikoya, ijodiy bayon, she’r tanlovlarida, "Bayrog`im – faxrim” diktant, "Eng chiroyli yozuv sohibi” tanlovi, " Konstitutsiya – baxtimiz poydevori” mavzusida o`tkazilgan diktant, ijodiy bayon, insho, O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 24 yilligiga bag`ishlab o`tkazilgan "Basketbol to`pini jarima chizig`idan savatga tashlash” musobaqasi g`oliblaridir.