3.
4.
5.
6.
Tengdoshlar ijodidan,
Gulzoringda bir gulman Vatan.
Bag’ring kengdir xuddi bir dunyo
Oddiy ko’ling men uchun samo
Ta’riflolmas qalamim boringcha aslo
Gulzoringda bir gulman Vatan
Maftun bo’lgan bir gulman Vatan
Ta’riflashdi qancha shoirlar
"Ona Vatan” deb atadilar
Ta’riflardan to’lmadi ko’nglim
Dedim: "Gulzorsan Vatan”
Gulzoringda bir gulman Vatan.
Vatan borki dunyo barhayot
Vatan bo’lsa olam ham obod
Vatansizning umridir xarob
Gulzoringda bir gulman Vatan
Maftun bo’lgan bulbulman Vatan.
Jumaboyeva Madina 41-maktabning 6-sinf o’quvchisi Kamalak bilimdoni.
Oynoma 2014-yil
10-martdan chiqa boshlagan 41-umumiy o’rta ta’lim maktabi bolalar va o’smirlar oynomasi.
2014-yil 10- mart N: 2
O’zbekiston Respublikasi "Kamolot” Yoshlar ijtimoiy harakati homiyligidagi "Kamalak” bolalar tashkiloti
Nizomi
1.Umumiy qoidalar
1.1. O’zbekiston Respublikasi "Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati homiyligida ish yuritadigan Bolalar tashkiloti yosh avlodni Vatanga muhabbat, istiqlol g’oyalariga sadoqat ruhida yuksak ma’naviyat,sog’lom,bilimdon qilib tarbiyalovchi bolalar tomonidan tuzilgan jamoa tashkiloti hisoblanadi.
1.2. Tashkilot bolalarning ixtiyoriy ravishda uyushgan,mustaqil,demokratik qoidalari asosida faoliyat ko’rsatadigan ommaviy tashkilotdir.
1.3. Tashkilot o’z ishini O’zbekiston Respublikasi "Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati homiyligida amalga oshiradi.
1.4. Tashkilot o’z faoliyatini O’zbekiston Respublikasi qonunchigi,”Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Nizomi, bolalar huquqlari haqida Xalqaro konvensiya hamda ushbu Nizomga muvofiq Respublikaning barcha hududlarida, mehribonlik uylarida doimiy va yozgi sog’lomlashtirish oromgohlarida (mavsumiy) amalga oshiradi.
1.5. Tashkilot o’z ish jarayonida Respublikada va xalqaro miqyosdagi jamoat tashkilotlari, bolalar birlashmalari, respublika vazirliklari, davlat va nodavlat tashkilotlari bilan aloqalar o’rnatish va ularning imkoniyatlaridan keng foydalanish huquqiga ega.
1.6. Tashkilot rayosati yuridik shaxs maqomiga hamda tashkilot nomi va ramziy belgisi aks ettirgan muhrga, bank hisob raqamlariga ega bo’ladi.
1.7. Tashkilotning bosh shiori: " Vatan, do’stlik va xalqparvarlik uchun!”.
KAMALAK FAOLLARI
Jumaboyeva Lobar. Maktabning 6-sinfida o’qiydi. Sinfning eng faol o’quvchilaridan biri, sinfdoshlari orasida hurmat-e’tiborga ega. "Kamalak” bolalar tashkiloti "Mehr-sahovat” yo’nalishi sardori. Ingliz tili, ona tili va adabiyoti,matematika fanlariga qiziqadi. Bo’sh vaqtlarida ingliz tilini o’rganish va she’r yozish bilan shug’ullanib turadi. Bundan tashqari darsdan bo’sh paytlarida tengdoshlari hamda boshlang’ich sinf o’quvchilari bilan birgalikda "Muruvvat ko’ngillilari” deb nomlangan to’garak ishini boshqarib bormoqda. Bu ishlari orqali u o’quvchilarni kam ta’minlangan oila farzandlari, yakka tartibda uyda ta’lim oluvchi o’quvchilar bilan ishlash keksa va nafaqadagi faxriylar holidan xabar olishga undamoqda