2024-yil 7-dekabr kuni maktabimiz ertalabki saflanishida fan olimpiadasi tuman bosqichida g`olib chiqqan o`quvchilar Gurlan tumani maktabgacha va maktab ta'limi bo`limi tomonidan diplomlar bilan taqdirlandi. Taqdirlash marosimida maktab direktori Sh. Jumatov, o`qituvchilar jamoasi va 5-11-sinf o`quvchilari qatnashishdi. Bu o`quv yilida maktabimiz 7 nafar o`quvchilari, jumladan, 5 nafari matematika, 1 nafari geografiya va 1 nafari rus tili fanlaridan olimpiada tuman bosqichida g`oliblikni qo`lga kiritgan edilar.