gurlan41.uz

«Kuch bilim va tafakkurda.»
I. A. Karimov
banner 240x80px

Yangiliklar :: Umumta’lim maktablari o‘quvchilarining matematika fani bo‘yicha xotira turniri

9-06-2021, 11:02
 2021 yil 5 iyun kuni Urganch davlat universitetida Umumta’lim maktablari o‘quvchilarining matematika fani bo‘yicha xotira turniri o‘tkazildi.
Xotira turniri 1966 – 1995 yillarda Xorazm davlat pedagogika instituti (hozirgi Urganch davlat universiteti) da samarali mehnat faoliyatini olib borgan matematik olim, fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent Ismoil Abdullayev xotirasiga bag‘ishlandi.


Yangiliklar :: 2020-2021-o`quv yili yakunlari (matematika faniga ixtisoslashgan sinflar bo`yicha)

24-05-2021, 14:13
2020-2021- o`quv yili mobaynida 6 ta sinov olimpiadalar, Qo`qon olimpiadasi saralash bosqichi, Al Xorazmiy olimpiadasi saralash bosqichi, "Qizlar matematika olimpiadasi", "Yigitlar matematika olimpiadasi" o`tkazildi. G`olib o`quvchilar maktab faxriy va maqtov yorliqlari, sovg`alar bilan taqdirlanishdi. 



Yangiliklar :: Kenguru olimpiadasi

4-12-2020, 15:37
Kenguru - dunyodagi matematika bo'yicha maktab o'quvchilarining eng mashhur tanlovlaridan biri. Har yili sakkiz milliondan ortiq o'quvchi ishtirok etadi. O‘zbekistonda 2018 yildan buyon o‘tkazib kelinmoqda. Har bir inson, matematika bilim darajasidan qat'iy nazar, tanlovda ishtirok etishi mumkin. Butun O'zbekiston bo'ylab o'tadi! 
Kеnguru haqida qiziqarli statistika
2018 yil: 1000 ta ishtirokchi - Tanlov Toshkent shahrida bo'lib o'tdi
2019 yil: 5000 ta ishtirokchi - Tanlov Respublika maktablarida bo'lib o'tdi
2020 yil: 22 000 ta ishtirokchi - Tanlov Onlayn o’tkazildi.
2020-yil o`tkazilgan tanlovda maktabimiz matematika faniga ixtisoslashtirilgan 7-"A" -sinf o`quvchilari O`razmetov Jo`rabek va Yangiboyev Bunyodbeklar ham faol ishtirok etib tashkiliy qo`mita sertifikati va sovg`asi bilan taqdirlandi.





Yangiliklar :: Ixtisoslashtirilgan sinflarda offlayn-onlayn olimpiadalar

2-12-2020, 15:17
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning 2018 yil 29-30- noyabr kunlari Xorazm viloyatiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlar va Xalq deputatlari viloyat kengashining navbatdan tashqari yig`ilishi bayonida ko`rsatilgan vazifalarni amalga oshirish bo`yicha viloyat xalq ta’limi boshqarmasi YO`L XARITASI ning 95-bandi da belgilangan vazifalarning ijrosini ta'minlash maqsadida maktabimizda  2019 yil yanvar oyida matematika faniga ixtisoslashtirilgan 5a-sinf tashkil etildi. Keyingi o`quv yillarida maktabimizda matematika fanigan ixtisoslashtirilgan yana ikkita sinf, informatika faniga ixtisoslashtirilgan bitta sinf tashkil qilindi. Matematika faniga ixtisoslashtirilgan sinflarda haftasiga 7 soatdan matematika fani o`qitilmoqda. Maktabimizda 5,6,7- matematika faniga ixtisoslashtirilgan sinflar mavjud. Oldingi o`quv yillarida har oyda ixtisoslashtilgan sinflarda olimpiadalar o`tkazilgan bo`lsa, bu yil pandemiya sababli olimpiadalar offlayn-onlayn shaklida dastlabkisi noyabr oyining 26,27-kunlarida 6,7-sinflarda o`tkazildi. 



Yangiliklar :: Doim e'zozdasiz, aziz ustozim!

30-11-2020, 18:23
Sizgadir yurakda asragan so`zim,
To mangu ta'zimda turaman o`zim.
Dilimning tubida yangragan sozim,
- Ezgulik yo`lida tolmang, ustozim!
G`am ko`rmay bu dunyo turguncha turing,
Ming yillik mehnatlar huzurin ko`ring,
Shogirdlar baxtidan shod, masrur yuring,
Ezgulik yo`lida tolmang, ustozim!
Hayot yo`llarimda dildosh, deb bildim, 
Yo`limni yoritgan quyosh, deb bildim,
Tole yo`llarida yo`ldosh, deb bildim,
Ezgulik yo`lida tolmang, ustozim!








Назад 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 ... 55 Вперед
...
...
Maktabimiz faxrimiz
Gurlan tumanidagi 41-son U.O`.T. maktabi.

Ko'p o'qilgan

So'rovnoma

Qaysi fanlarga ko'proq qiziqarli? [?]